Psixobiotik tadqiqotlarga atigina 10 yil bo'lganiga qaramay natija ko'rsatishni boshlagan.
Kalit nuqtalar:
"Biz psixobiotikni psixiatrik kasalliklardan qiynalayotgan bemorda to'g'ri miqdorda hazm qilinganda sog'liqqa foydasi tegadigan tirik organizm deb tariflaymiz." – John Cryan, Ted Dinan, va Catherine Stanton, 2013.
Qorin va miyyaning orasidagi bog'liqlik yangilik emas. Gippokrat barcha kasalliklar, miya kasalliklari ham, qorinda boshlangan deb his qilgan edi, va bu 2500 yil oldin. Lekin Gippokrat mikrob nimaligni bilmagan. Bu kechki 1600 yillardagi Antoni van Levengukning kichkina qo'l mikroskopigacha bir milleniya kutilishi kerak bo'ladi. Undan keyin, kechki 1800 yillarda, Rus olimi Ilya Mechnikov uzoq yasho'vchi Bulg'oristonliklarni uzun umr ko'rishiga sabab ularning ko'p bakteriyalarni yogurt orqali istemol qilishidaligini ixtiro qiladi.
Laktik kislota bakteriyasi Lactobacillusning sog'liqqa tasiri haqidagi g'oya probiotiklar haqidagi g'oyaning boshlanishi bo'lgan, lekin tafsilotlar noaniqligicha qolgan edi.
Keyin, 21-asrning tongida ishlar qizishni boshladi. 2004-yilda Nobuyuki Sudo mikrobsiz sichqonlar haqida oddiy maqola chop etdi, bu esa qorin-miya tadqiqotlari uchun otilgan o'q bo'ldi.
Sudo steril muhitda o'stirilgan mikrobsiz sichqonlarni o'rgandi. U bu sichqonlarning stressga g'ayritabiiy javob berishini aniqladi. Qanday bo'lmasin, bakteriyalar - yoki ularning yetishmasligi - ularning xatti-harakatlariga ta'sir qildi. Keyinchalik, u sichqonlarning ichaklarini yangittan populatsiyalashtirish uchun bakteriya bilan oziqlantirganda, sichqonning o'zini normal tutishi tiklandi. Mikroblar va aql o'rtasidagi bu ajoyib bog'liqlik bu soxani yondirdi.
Keyingi yillarda Kork Universitet kollejining (UCC) bir juft samarali tadqiqotchilari Jon Kryan va Ted Dinan ichak-miya bog'liqligiga ko'proq yorug'lik berishni boshladilar. 2013-yilda Kriyan va Dinan kayfiyatni yaxshilaydigan mikroblarga nisbatan psixobiotik atamasini kiritdilar.
Bir necha yil o'tgach, rafiqam va men ikkalasi bilan Korkdagi go'zal restoranda uchrashdik, u erda biz baliq yedik va ularning tadqiqotlari haqida kitob yozishga kelishib olish uchun bir shisha shampan vinosi tashladik. Oxir oqibat, bu kitob National Geographic tomonidan "Psixobiotik inqilob" nomi bilan nashr etilgan.